Maǵlıwmatlardan paydalanıw qaǵıydaları

Qanday ma’lumotlar saqlanadi

  • F.I.Sh., lavozim, telefon, bog‘cha nomi — hisob yaratishda administrator kiritadi.
  • Tizimga kirish vaqti va IP manzil — xavfsizlik va monitoring uchun.
  • Test natijalari, anketa javoblari va ish kitobi yozuvlari.

Ma’lumotlar qanday ishlatiladi

Ma’lumotlar faqat metodik ishni tashkil etish va monitoring maqsadida ishlatiladi. Uchinchi shaxslarga berilmaydi.

Psixologik test natijalari

Psixologik test natijalari administrator panelida umumiy statistika sifatida ko‘rinadi. Ular xodimni baholash yoki intizomiy chora ko‘rish uchun ishlatilmaydi.

Parol xavfsizligi

Parollar shifrlangan holda saqlanadi va hech kim, jumladan administrator ham, ularni ochiq ko‘ra olmaydi. Parolni unutgan bo‘lsangiz, administrator yangi parol o‘rnatib beradi.