Maqsetli kurs oqıw jobası hám baǵdarlaması — 36 saat (Qaraqalpaqstan PSHO)
Bul materialdıń qaraqalpaqsha awdarması ele tolıq emes — tómende tolıq ózbekshe tekst berilgen.
Kurs haqida
«Maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachilarining kasbiy mahorati va kompetentligini rivojlantirish» maqsadli kursining o‘quv rejasi va dasturi.
Tuzuvchi: A. P. Masheripova — Qoraqalpog‘iston Respublikasi pedagogik mahorat markazi «Pedagogika, psixologiya va ta’lim texnologiyalari» kafedrasi katta o‘qituvchisi.
Taqrizchilar: I. Q. Pirniyazov (dotsent, p.f.n.), T. T. Utebaev (Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti, professor).
Nukus — 2026.
Qaysi hujjatlar asosida tuzilgan
- «Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida»gi 2019-yil 16-dekabrdagi 595-son Qonun;
- Prezidentning 2024-yil 21-iyundagi PQ-231-son qarori — xodimlarni uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimi;
- VMning 2025-yil 8-iyuldagi 423-son qarori — MTT pedagogining kasbiy standarti;
- Vazirning 2024-yil 1-avgustdagi 238-son buyrug‘i — lavozimlarning malaka tavsiflari;
- Vazirning 2025-yil 29-avgustdagi 323-son buyrug‘i — ish hujjatlari.
Kurs maqsadi
Tarbiyachilarning kasbiy kompetentligi va mahoratini oshirish, zamonaviy pedagogik yondashuvlar asosida nazariy va amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirish, «Ilk qadam» davlat dasturi talablari asosida kasbiy kompetentlikni rivojlantirish.
Kurs hajmi va mavzular taqsimoti — 36 soat
| № | Mavzu | Jami | Ma’ruza | Amaliy |
|---|---|---|---|---|
| 1 | Maktabgacha ta’lim tizimida pedagog kasbiy kompetentligining mazmuni va ahamiyati | 2 | 2 | — |
| 2 | Pedagogning kommunikativ kompetentligini rivojlantirish usullari | 4 | 2 | 2 |
| 3 | Zamonaviy pedagogik texnologiyalar va interfaol metodlardan foydalanish | 6 | — | 6 |
| 4 | Tarbiyachi faoliyatida AKT va raqamli texnologiyalarni qo‘llash | 6 | — | 6 |
| 5 | Bolalar bilan individual ishlash va differensial yondashuv | 2 | 2 | — |
| 6 | Ota-onalar bilan samarali hamkorlikni tashkil etish | 4 | 2 | 2 |
| 7 | Pedagogik etika va kasbiy madaniyatni shakllantirish | 4 | — | 4 |
| 8 | Pedagogning kreativ va tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish | 6 | — | 6 |
| 9 | Yakuniy tahlil, refleksiya va baholash | 2 | — | 2 |
| Jami | 36 | 8 | 28 | |
Kutilayotgan natijalar
Kursdan so‘ng tarbiyachi:
- kasbiy kompetentlik mazmunini anglaydi;
- zamonaviy pedagogik metodlarni qo‘llay oladi;
- AKT vositalaridan samarali foydalanadi;
- ota-onalar va bolalar bilan samarali muloqot olib boradi;
- pedagogik faoliyatda kreativ yondashuvni qo‘llaydi.
Dasturning to‘liq matni, har bir mavzuning kengaytirilgan mazmuni va adabiyotlar ro‘yxati biriktirilgan faylda.
Bul túrdegi fayldı brauzerde kóriw múmkin emes — júklep alıń.