626-sanlı qarar — MSHBSH te salamat awqatlandırıw sisteması
Bul materialdıń qaraqalpaqsha awdarması ele tolıq emes — tómende tolıq ózbekshe tekst berilgen.
Hujjat haqida
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 25-iyuldagi 626-son qarori — «Davlat maktabgacha ta’lim muassasalarida sog‘lom ovqatlantirish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida».
Qaror Prezidentning 2017-yil 9-sentabrdagi PQ-3261-son qarori ijrosida qabul qilingan. Unga qadar Toshkent shahrida tadbirkorlar tomonidan tayyor ovqat yetkazib berish bo‘yicha eksperiment o‘tkazilgan: 60 dan ortiq tadbirkor va 266 ta MTT ishtirok etib, 63 760 nafar tarbiyalanuvchi autsorsing usulida ovqatlantirilgan. So‘rovnomada qatnashgan 2 921 nafar (87%) ota-ona tayyor taomlarga ijobiy baho bergan.
Maqsadi
Sog‘lom ovqatlantirishni belgilangan sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena me’yorlariga muvofiq tashkil etish orqali bolalarning sog‘lom va barkamol o‘sishini ta’minlash.
Tarbiyachi va MTT xodimi bilishi shart bo‘lgan asosiy qoidalar
- Brakeraj komissiyasi tashkil etiladi; komissiya raisi — MTT hamshirasi (miyirbike).
- MTTga keltirilgan mahsulotlar sifatini brakeraj komissiyasi raisi va a’zolari nazoratdan o‘tkazib qabul qiladi.
- Tayyorlangan ovqat brakeraj komissiyasi tekshiruvidan o‘tmasdan bolalarga berilishi — sog‘lom ovqatlanish va sanitariya talablarining buzilishi hisoblanadi.
- Taomnoma (menyu) tashkilot direktori tomonidan tasdiqlanadi.
- Taomnomada bo‘lishi shart: taom nomi, mahsulot miqdori (gramm), energetik qiymati.
- Umumiy turdagi MTTda bolalar kuniga 3 marta ovqatlantiriladi.
- Ovqatlanish sifatini nazorat qilish sanitariya-epidemiologiya osoyishtaligi markazi zimmasida.
- Oshpazlar va oshpaz yordamchilari uchun malaka oshirish kurslari har uch yilda tashkil etiladi.
Bu mavzu bo‘yicha platformadagi «MTT normativ hujjatlari bo‘yicha test» ning dastlabki 10 savoli aynan shu qarorga asoslangan.