«Ilk qadam» mámleketlik oqıw baǵdarlaması (jetilistirilgen 2-baspa)
Mámleketlik oqıw baǵdarlaması 1317.08.2026
Bul materialdıń qaraqalpaqsha awdarması ele tolıq emes — tómende tolıq ózbekshe tekst berilgen.
Hujjat haqida
O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun davlat o‘quv dasturi. Takomillashtirilgan ikkinchi nashr, Toshkent — 2022. UNICEF ko‘magida tayyorlangan.
Mualliflar: Grosheva I.V., Mirziyoyeva Sh.Sh., Evstafyeva L.G., Maxmudova D.T., Nabixanova Sh.B., Pak S.V., Nazarova V.A., Isxakova M.R., Abdunazarova N.F.
Dastur tuzilishi — 9 bob
- I bob. Umumiy qoidalar
- II bob. MTT ta’lim va tarbiya jarayonining maqsad va tamoyillari
- III bob. Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim berishda kompetensiyaviy yondashuv
- IV bob. Ta’lim va tarbiya jarayoni
- V bob. Bolaning rivojlanish sohalari bo‘yicha yutuqlari
- VI bob. Rivojlantiruvchi muhitni tashkil qilish
- VII bob. Davlat o‘quv dasturi bo‘yicha kutilayotgan ta’limiy natijalar
- IX bob. Resurs ta’minoti
Beshta rivojlanish sohasi
- Jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzini shakllantirish
- Ijtimoiy-hissiy rivojlanish
- Nutq, muloqot, o‘qish va yozish ko‘nikmalari
- Bilish jarayonining rivojlanishi
- Ijodiy rivojlanish
Tarbiyachi buni qanday ishlatadi
- Kunlik va haftalik rejani shu dastur talablari asosida tuzing — har mashg‘ulot qaysi sohaga tegishli ekani ko‘rinsin.
- V bobdagi yutuqlar ro‘yxati — bolani kuzatish va rivojlanish kartasini to‘ldirish uchun asos.
- VI bob — guruh xonasidagi burchaklarni to‘g‘ri tashkil etish bo‘yicha talablar.
- Dastur nusxasi 05-01 ish hujjati sifatida tarbiyachida bo‘lishi shart (323-son buyruq).
To‘liq matnni «Yuklab olish» tugmasi orqali oling (PDF, 98 bet).