Inklyuziv bilimlendiriw: ayrıqsha mútájlikli bala toparda
Nizam hám qollanbalar 816.08.2026
Bul materialdıń qaraqalpaqsha awdarması ele tolıq emes — tómende tolıq ózbekshe tekst berilgen.
Inklyuziv ta’lim nima
Bu — jismoniy yoki aqliy rivojlanishida alohida ehtiyoji bo‘lgan bolaning oddiy guruhda, tengdoshlari bilan birga tarbiyalanishi. Maqsad — bolani guruhga moslashtirish emas, guruhni bolaga moslashtirish.
Tarbiyachining birinchi qadamlari
- Bolaning tibbiy xulosasi va psixologik-pedagogik tavsiyanomasi bilan tanishing.
- Ota-ona bilan suhbat: bola nimani yaxshi ko‘radi, nimadan qo‘rqadi, uyda qanday usullar ishlaydi.
- Individual ish rejasini tuzing — kichik, erishiladigan maqsadlar bilan.
- Guruh bolalarini tayyorlang: sodda tilda tushuntiring, ayamaslikka, balki yordam berishga o‘rgating.
Amaliy moslashtirishlar
| Ehtiyoj | Nima qilish mumkin |
|---|---|
| Ko‘rish | Katta va kontrastli tasvirlar, paypaslanadigan materiallar, doimiy joy tartibi |
| Eshitish | Yuzma-yuz gapirish, imo-ishora va rasm bilan takrorlash, ko‘rgazmalilik |
| Nutq | Sabr bilan kutish, gapini tugatishga imkon berish, logoped bilan hamkorlik |
| Harakat | Xavfsiz yo‘lak, past stol, mashqni soddalashtirish |
| Diqqat | Qisqa topshiriqlar, ko‘rgazmali reja, ortiqcha shovqinni kamaytirish |
Muhim qoidalar
- Bolani tashxisi bilan emas, ismi bilan chaqiring.
- Boshqa bolalar oldida uning cheklovi haqida gapirmang.
- Kichik yutuqni ham nishonlang — taqqoslash boshqa bolalar bilan emas, uning kechagi holati bilan bo‘lsin.
- Ota-onaga muntazam qisqa fikr bering (haftada bir marta bo‘lsa ham).