Grafikalıq diktant hám kataklarda islew
6–7 jas (mektepke tayarlaw)6-7 jas 616.08.2026
Bul materialdıń qaraqalpaqsha awdarması ele tolıq emes — tómende tolıq ózbekshe tekst berilgen.
Nima uchun kerak
Grafik diktant qo‘lni yozuvga tayyorlaydi, diqqatni jamlash va og‘zaki ko‘rsatmani aniq bajarish ko‘nikmasini beradi.
Ish tartibi
- Bolalarga katakli varaq va oddiy qalam beriladi.
- Boshlang‘ich nuqta belgilanadi.
- Tarbiyachi diktant qiladi: «Ikki katak yuqoriga, uch katak o‘ngga, ikki katak pastga…»
- Oxirida hosil bo‘lgan shakl nomlanadi va bo‘yaladi.
Tayyor diktantlar
- «Kalit» — 8 qadam, oson.
- «Itcha» — 14 qadam, o‘rtacha.
- «Kema» — 20 qadam, murakkab.
Boshida 6–8 qadamli diktantdan boshlang, keyin qadamni oshiring.