Balanıń mektepke tayarlıǵın bahalaw ólshemleri
Mámleketlik oqıw baǵdarlaması 1316.08.2026
Bul materialdıń qaraqalpaqsha awdarması ele tolıq emes — tómende tolıq ózbekshe tekst berilgen.
Nima baholanadi
Maktabga tayyorgarlik faqat harflarni bilish emas. U to‘rt yo‘nalishda baholanadi.
1. Jismoniy tayyorgarlik
- Mayda qo‘l motorikasi: qalam ushlash, qaychi bilan qirqish.
- Muvozanat va koordinatsiya.
2. Aqliy tayyorgarlik
- 10 gacha sanash, sonlarni taqqoslash.
- Geometrik shakllarni farqlash.
- Ketma-ketlikni davom ettirish.
3. Nutqiy tayyorgarlik
- 4–5 gapdan iborat hikoya tuzish.
- So‘zdagi birinchi tovushni ajratish.
4. Ijtimoiy-hissiy tayyorgarlik
- Kattalar ko‘rsatmasini oxirigacha bajarish.
- Navbat kutish, jamoada ishlash.
Baholash natijalari kuzatuv varaqasiga yoziladi va ota-onaga tushuntiriladi.